Prezident yer masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish  bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etishda ta’sirchan nazoratni ta’minlash, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash  masalalari, tizimda hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0