TOShKENT, 13 dek – Sputnik. O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi huquqini himoya qilish konvetsiyasiga a’zo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Bu O‘zbekistonning “Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgan, har bir insonning uyushmalarga birlashish huquqini kafolotlovchi va inson huquqlarini himoya qiluvchi umume’tirof etilgan meyorlarga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining fundamental konvensiyalariga sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi”, — deyilgan rasmiy xabarda.
Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasi ilk bor 1948 yilning 9-iyulida San Fransiskoda imzolangan edi.