Qirg‘iziston O‘zbekistonga 4 pansionatni vaqtincha foydalanishga beradi

© SputnikPansionat Dilorom na Issik-Kule
Pansionat Dilorom na Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mazkur pansionatlar bo‘yicha Xalqaro arbitraj sudiga kiritilgan da’vosini qaytib olishi lozim

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Issiqko‘l viloyatida joylashgan 4 pansionatni O‘zbekistonga vaqtincha foydalanish uchun beradi. Bosh vazir Sapar Isakov bu haqdagi farmoyishni imzoladi, deb xabar berdi hukumat matbuot xizmati.

"Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi 1994-yil 24-dekabrdagi abadiy do‘stlik haqidagi shartnomaga muvofiq ushbu qarorga kelindi", — deyiladi xabarda.

Hujjat turizmni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan. Gap "Bosteri" (Bosteri qishlog‘i, ilgarigi"Zolotie peski"), "Altin-Jay" (Kara-Oy qishlog‘i, ilgarigi"Rohat-NBU"), "Enesay" (Kara-Oy qishlog‘i, ilgarigi"Dilorom") va "Bo‘ston" (Kun-Chigish ovuli) pansionatlari haqida bormoqda.

Bu obyektlarga biriktirilgan yer uchastkalari Qirg‘iziston mulki bo‘lib qoladi va O‘zbekistonga vaqtincha foydalanish uchun beriladi.

"Shu bilan birga o‘zbek tomoni ko‘rsatilgan obyektlarni ma’lum vaqt ichida Qirg‘iziston Respublikasi standartlariga muvofiq 3 yoki 4 yulduzli mehmonxonalar darajasiga yetkazish bo‘yicha investitsiya kiritish majburiyatini oladi", — deb xabar berdi hukumat.

O‘zbekiston shuningdek, qurilish va undan keyingi davrda ishchilarning 80%dan kam bo‘lmagan qismi qirg‘izistonliklardan iborat bo‘lishi majburiyatini ham zimmasiga oladi.

O‘zbekiston mazkur pansionatlar bo‘yicha Xalqaro arbitraj sudiga kiritilgan da’vosini qaytib olishi lozim. Shu bilan barcha mavjud nizolar tinch yo‘l bilan bartaraf etiladi.

Yangiliklar lentasi
0