TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Samarqand viloyatida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik avjida, nafaqat shaharning o‘zida balki har bir tumanda archalar bezatilishi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga hokimligi matbuot-xizmati rahbari Nuriddin Boliyev.
Boliyevning so‘zlariga ko‘ra, shaharga Yangi yil ruhi kirib kelgan. Hokimlik, Moliya boshqarmasi va shaharning boshqa joylarida archalar o‘rnatilishi allaqachon boshlab yuborilgan.
"Archalar bezatilishi bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bunda 1,2,3-o‘rinlarni egallagan eng chiroyli bezatilgan archa egasi bo‘lgan tashkilotlarga hokimlik tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi", — dedi suhbatdosh.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi xodimi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rilayotgani borasida ham aytib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda ssenariylar ustida ish olib borilmoqda.