TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 12-dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 3,33 so‘mga kamaydi va 8093,00 so‘mni tashkil qildi.
Yevroning kursi 76,78 so‘mga arzonlashib, 9531,94 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 71 tiyinga arzonlashdi va 136,86 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.