O‘zbekistonda 3,5 balli zilzila qayd etildi

© AP Photo / Wally SantanaGrafiki seysmologicheskoy aktivnosti
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzilaning episentri Jizzax shahridan 30 km janubiy-g‘arbiy yo‘nalishida, Toshkent shahridan 211 km uzoqlikda sodir bo‘lgan

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugun soat 15:25 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

"Toshkent" seysmostansiyasining ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning o‘chog‘i Toshkent shahridan 211 km, Jizzax shahridan janubiy-g‘arbiy yo‘nalishida 30 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘ida zilzila magnitudasi M=3.5 ni tashkil etgan.

Respublika hududlaridan zilzila sezilganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Zilzila oqibatida jabrlanish va talafotlar kuzatilmadi.

Yangiliklar lentasi
0