TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkentga kiraverishda, Chilonzor tumanida “Buyuk Ipak yo‘lidagi karvon” deb nomlangan haykaltaroshlik kompozitsiyasi o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.
Kompozitsiyada cho‘l o‘rtasida ketayotgan savdogarlar karvoni tasvirlangan. San’at asarining umumiy o‘lchami 80 metrga 16 metrni tashkil qildi. Uning muallifi — Pavel Makarov. Uning yordamschisi Sodiq Namozov.
Haykalning tantanali ochilish marosimida Chilonzor tuman hokimi Davron Xidoyatov hamda Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rasi Aziz Abduxakimovlar tashrif buyurishdi.
Ularning so‘zlariga qaraganda, ushbu haykal Chilonzor tumanidan joylashgan sayyohlik ko‘chasining boshlanishi bo‘lar ekan.