Qobulda o‘zbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Afganistan
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda ommaviy bo‘lgan dari va pushtu tillari qatorida o‘zbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo bo‘la boshladi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Qobul ko‘chalarida o‘zbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo bo‘la boshladi, deb xabar qilmoqda Facebookdagi guruhlardan biri BBC xabariga asosan.

“Oldin bunday yozuvlarni ko‘rmas edingiz. Ushbu tashabbus Afg‘oniston prezidenti saroyi idorasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, mana bu plakat davlat lavozimidagi shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan isrofgarchilikka taaluqli”,  - deyilgan xabarda.

Ushbu ishlar amalga oshirilishidan asosiy maqsad — Afg‘onistonda yashayotgan har bir millat bizning tashabbuslarimizdan ogoh bo‘lsin, — deydi  prezident saroyi idorasi vakili.  

Idora vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu kabi plakatlar nafaqat Qobul ko‘chalarida, balkim boshqa shaharlarda ham paydo bo‘ladi. Undan tashqari Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham ushbu tajriba qo‘llaniladi. Lekin eng asosiysi ushbu tajriba — kelajakda odatiy meyorga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oldin Afg‘onistonda nisbatan kam sonli millatlarga tegishli bo‘lgan o‘zbek va turkman tillarini rivojlantirishga e’tibor berishga va’da bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0