O‘zbek atlasi va adrasi insoniyat nomoddiy madaniy merosi deb tan olindi

© Sputnik Stas EtveshTorgovo-ekonomicheskaya yarmarka-vistavka SUGD 2017
Torgovo-ekonomicheskaya yarmarka-vistavka SUGD 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqdagi qaror Nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbek ipak matolari — atlas va adras to‘qish texnologiyasi YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda BMT yangiliklar bo‘limi xabar berdi.

O‘zbek palovi - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova palov haqidagi xabardan xursand bo‘ldi

Bu haqdagi qaror Nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahri atlas va adraschilikning tarixiy markazi hisoblanadi. Bu qadimiy an’anani davom ettirish va asrab qolish maqsadida 2007-yilda Marg‘ilonda hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tashkil etilgan.

Markaz atlas va adras to‘qish hunarini asrash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadi. Markaz xodimlari bu qadimiy hunar bilan tanishishni istaganlar uchun mashg‘ulotlar, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishadi.

Yangiliklar lentasi
0