Toshkentda 68 dona qo‘lbola uslubda ishlangan isitish moslamalari aniqlandi

© Sputnik / Igor MaslovMujchina remontiruyet obogrevatel
Mujchina remontiruyet obogrevatel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda fuqarolar tomonidan qo‘lbola uslubda ishlangan isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan reyd davomida 68 dona qo‘lbola elektr isitish va boshqa turdagi uskunalari aniqlandi. Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Peshexodi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda piyodalarni ommaviy tarzda jarimaga tortish boshlandi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 5-dekabr kuni, Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan fuqarolar tomonidan qo‘lbola uslubda ishlangan nostandart isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish yuzasidan Sergeli, Mirobod, Yakkasaroy, Uchtepa tumanlarida maxsus tadbirlar amalga oshirildi.

"Tadbir davomida xodimlar tomonidan 49 ta korxona va tashkilotlar hamda boshqa maskanlar yong‘in-texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, 1242 ta aholi turar shaxsiy xonadonlari, 66 ta ko‘p qavatli uylar va ulardagi 1397 ta xonadonlarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi", — deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlari korxona va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari va fuqarolar bilan yong‘in xavfsizligi mavzusida uchrashuv, suxbatlar va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0