O‘zbekistonda valyuta olib kirish va olib chiqish tartibi soddalashtirildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonga olib kirish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya qilish tartibi bekor qilindi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanalida xabar berildi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Yevro arzonlashdi, dollar esa barqarorlashdi: O‘zbekiston valyuta kurslari

Farmonga asosan 2018-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonga olib kirish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani respublikadan tashqariga olib chiqib ketishi ekvivalentda 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0