TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov bugun Pragada navbatdagi jangini o‘tkazadi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga chexiyalik Tomash Penz raqiblik qiladi.
Murodovning yozishicha, aslida u David Ramires bilan jang o‘tkazishi lozim bo‘lgan, lekin raqibi unga qarshi ringga chiqa olmasligi ma’lum bo‘lgan.
“Jang Pragadagi O2 arenada XFN chempionligi uchun bo‘lib o‘tadi. Bu jang men uchun juda muhim”, deb yozadi u.
Mahmud uni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorlik bildirgan.
Jang Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi.