"Eyr Astana" Farg‘ona vodiysiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Almati — Toshkent va Astana — Toshkent yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar sonini oshirgandi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonning Eyr Astana" aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutmoqda, deb xabar qildi Podrobno.uz aviakompaniya vakili Yevgeniy Krutovga tayanib.

Almati va Astanadan Namangan, Andijon yoki Farg‘onaga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda aviakompaniya rahbariyati infrastrukturasi eng rivojlangan aeroportni tanlamoqda.

Bundan tashqari, aviakompaniya Buxoro va Samarqandga yangi yo‘nalishlar ochishni rejalashtirmoqda.

Ilgariroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Almati — Toshkent va Astana — Toshkent yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar sonini oshirgandi.

Yangiliklar lentasi
0