TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
O‘zbekiston prezidenti yig‘ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha o‘zbekistonliklarni Konstitutsiya qabul qilinganining 25-yilligi bilan muborakbod etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har yili Konstitutsiya kuni arafasida Vatan taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilib, turli unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgan fuqarolarga mukofotlarni tantanali topshirish an’anaga aylangan.