TOShKENT, 7 dek — Sputnik. AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni butun dunyo bo‘ylab terror xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, AQSh Tashqi siyosiy mahkamasi "Amerika fuqarolari va Amerika manfaatlariga nisbatan chet davlatlarda terakt, siyosiy zo‘ravonlik va jinoyatlar davom etayotganligi" sababli 2017-yilning 14-sentabrida e’lon qilingan hujjatni yangilagan.
Shu munosabat bilan amerikaliklarga "o‘ta hushor bo‘lish va sayohatlar vaqtida xavfsizlik choralariga amal qilish" tavsiya etilgan.
Jamoat joylarda va diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qilish vaqtida amerikaliklarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish maslahat berilgan.