Prezident farmoniga muvofiq 2 700 nafar sudlanganlar afv etiladi

Obuna bo‘lish
Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligi arafasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzolandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.

Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0