Asaka avtomobil zavodida Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavodda doimiy ravishda faoliyat yuritadigan "Islom Karimov va O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivoji" ko‘rgazma-muzey ish boshladi

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda Asakadagi avtomobil zavodi hududida Islom Karimov yodgorlik majmuasi barpo etildi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, zavodda doimiy ravishda faoliyat yuritadigan "Islom Karimov va O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivoji" ko‘rgazma-muzey ish boshladi.

“Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi bo‘lgan soha — avtomobilsozlik sanoatiga asos solishi va uni rivojlantirish tashabbusining hayotga tatbiq etilgani istiqlol solnomasidagi muhim sahifalaridan biri bo‘lib qoldi. Asaka avtomobil zavodiga asos solinishida uning o‘zi bevosita ishtirok etdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

© Press-slujba GM UzbekistanAsaka avtomobil zavodida Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi
Na Asakinskom avtomobilnom zavode otkrilsya memorialniy kompleks Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Asaka avtomobil zavodida Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Asaka shahridagi avtomobil zavodiga Islom Karimov nomi berildi.

Yangiliklar lentasi
0