Kiyev karshering xizmati 100ta Ravon sotib oldi

© RavonRavon R2
Ravon R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina karshering xizmati kompaniyasiga dastlabki 30 ta avtomobil kalitlari topshirildi, qolgan 70 ta avtomobil 2018-yanvar oyi oxirigacha yetkizib beriladi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Ukrainaning "Getmankar" karshering xizmatiga 30ta Ravon R2 avtomobillari kalitlari topshirildi, deb xabar qilmoqda autosvit.com.ua nashri.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyada sotuv rekordini o‘rnatdi

Ushbu tanatanali marosim Ravon ning Ukrainadagi dileri "TSM Inter-Avto" vakillari,  kompaniya distributori — "Ukr-UzAvto" direktori Farxod Abdullayev va O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

"Getmankar" kompaniyasi direktori Taras Getmanskiy aytishiga qaraganda, ko‘rib chiqilgan avtomobillar orasida boshqa markalar ham bo‘lgan, lekin faqat Ravon R2 barcha talablarga javob bergan va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Shuningdek avtomobil qiymati va unga texnik xizmat ko‘rsatish narxi ham ma’qul kelgan. 

Karshering operatori mutaxassislari Ravon R2 ni to‘rt oy davomida test-drayv qilishgan. Ular avtomobilni mijozlarga ijaraga berib ularning fikrini o‘rganishgan. Ushbu avtomobil tanlanishiga so‘nggi sabab – unda avtomat uzatish qutisi borligi bo‘lgan.

Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon R2 va Ravon Nexia Rossiyadagi eng arzon avtomobillar ro‘yxatida yetakchi bo‘ldi

Natijada avtomat, konditsioner hamda elektr oyna ko‘targichlar bilan jihozlangan kichik avtomobil katta shaharning gavjum ko‘chalarida foydalanish uchun juda qulay — deb topilgan.

“Getmankar” aytishiga qaraganda 2018-yilning yanvarida Kiyev ko‘chalarida 100 dan ortiq Ravon R2 avtomobillari xizmat ko‘rsatadi.

Karshering — bu avtomobildan birgalikda foydalanish xizmatidir. Unda avtomobilni shaharning bir joyidan olib ikkinchi joyiga tashlab ketish imkoni bor. Avtomobilni topish, uni eshigini ochish va o‘t oldirish smartfon yordamida amalga oshiriladi. Natijada mijoz faqat avtomobildan foydalangan vaqt uchun pul to‘laydi.

 

Yangiliklar lentasi
0