TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri migrantlarni ro‘yxatga olish haqidagi qonun loyihasiga ikkita muhim o‘zgarish kiritishni taklif qildi.
Xususan, "qabul qiluvchi tomon" iborasiga aniqlik kiritish hamda "qabul qiluvchi tomon"ga migrantlarni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish huquqi berish, haqida.
"Hozirgi qonunga ko‘ra, migrantlarni Rossiyada "qabul qiluvchi tomon", bu ularga ish beruvchi yuridik shaxs ham ularni o‘z uyiga ro‘yxatga qo‘yuvchi jismoniy shaxs ham bo‘lishi mumkin. Migrantlarni o‘z uyiga ro‘yxatga qo‘ygan fuqaro ularni ro‘yxatdan chiqarish huquqiga ega emas. Bu ba’zi hollarda tushunmovchilikka olib kelmoqda", — dedi Yarovaya.
Yarovaya "qabul qiliuvchi tomon" arizasiga ko‘ra migrantlarni ro‘yxatdan chiqarishni taklif qilmoqda. Deputat fikriga ko‘ra, bu chet el fuqarolarini, qonuniy asossiz, Rossiya hududida qolish imkonidan mahrum qiladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi Rossiya IIV, Rossiya hududlari va Dumaning millatlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.