TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining “Konsullik tariflariga o‘zgarish kiritish to‘g‘risidagi” yangi qaroriga binoan, chet ellik turistlar uchun yangi viza turi joriy etildi.
Yangi vizaning amal qilish muddati 30 kun bo‘ladi. Oldin sayyohlar uchun 7 yoki 15 kunlik vizalar berilar edi. Viza rasmiylashtirix xarajatlari 60 dollardan 40 dollargacha tushirildi.
Guruh turistik viza bundan buyon 5 kishiga ham berilishi mumkin bo‘ladi. Oldin eng kichik sayyohlik guruhi 10 kishidan iborat bo‘lishi kerak edi. Guruh viza qiymati 15 kunga – bir kishiga 15 dollardan, 30 kunga – 25 dollardan iborat bo‘ladi.