Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Jamiyatda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston sentabr oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to‘liq o‘tdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rildi.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan olib borayotgan ochiq, konstruktiv, o‘zaro manfaatli tashqi siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan davrda Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Turkiya, Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashriflari respublika tashqi siyosatida samarali hamkorlik va do‘stona munosabatlariga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy isbotidir.
O‘zbekiston aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshirmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.
O‘tgan bir yil davomida tasvirga olingan eng yorqin foto suratlarni Sputnik O‘zbekiston foto jamlanmasida ko‘rishingiz mumkin.