KXDRga dag‘dag‘a: AQSh va Janubiy Koreya tarixdagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya 29-noyabr kuni "Xvason-15" raketasini sinovdan o‘tkazdi. U 13 ming kilometrgacha masofada bo‘lgan nishonni aniq olishi, shu tariqa AQSh hududini to‘liq qoplashi mumkinligi ma’lum qilindi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. AQSh va Janubiy Koreya KXDRda o‘tkazilgan so‘nggi raketa sinovlaridan so‘ng, dushanba kundan Vigilant ACE deb nomlanuvchi harbiy mashg‘ulotlarni boshlamoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Goroda mira. Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Janubiy Koreya OAVlarida keltirilayotgan xabarlarga asosan, 230 ta samolyot, shu jumladan amerikaning 6 dona F-22 ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlari ishtirok etadigan bu mashg‘ulotlar tarixdagi eng yirik ko‘lamli harbiy mashg‘ulot bo‘lishi kutilmoqda.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ushbu mashg‘ulotlar Seul va Vashingtonning irodasi, shuningdek, "Shimoliy Koreya provokatsiyalariga" munosib javob qaytara olishi mumkinligini namoyish etishga qaratilgan.

Shimoliy Koreya 29-noyabr kuni "Xvason-15" raketasini sinovdan o‘tkazdi. U 13 ming kilometrgacha masofada bo‘lgan nishonni aniq olishi, shu tariqa AQSh hududini to‘liq qoplashi mumkinligi ma’lum qilindi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi nashri "Kukpan ilbo"da keltirilishicha, parlamentda o‘tgan eshittiruvlar chog‘ida harbiylar tomonidan berilgan bayonotlarga ko‘ra, 8-dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadigan manevrlar doirasida amerikaning F-22 va F-35A qiruvchilari ishtirok etib, bunda Shimoliy Koreyaning raketani uchiradigan harakatlanuvchi moslamalarini yo‘q qilish mashqlari olib boriladi.

Bundan tashqari, dushman tomonning uzoq masofalarni o‘qqa tutuvchi artilleriyasini yo‘q qilish hamda dushman hududiga desantchilarni tashlash mashg‘ulotlari olib boriladi.

Renxap ma’lumotlariga ko‘ra, Vigilant ACE harbiy mashg‘ulotlari AQSh HHKning B-1B "Lanser" bombardimoni, Amerikaning olti dona EA-18 "Grouler" samolyotlari, o‘nga yaqin F-15C qiruvchilari va shuncha miqdorda F-16 samolyotlari ishtirokida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0