TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Maykl Jekson raqsini qoyilmaqom ijro etgan toshkentlik amakining videosi topildi.
Facebook foydalaniuvchilari aytishiga qaraganda u kishining ismi Oybek bo‘lib, u Yunusoboddagi mahallalardan birida istiqomat qilar ekan.
Oybek aka raqsga tushishni konservatoriyada o‘rganmagan, albatta, lekin harakatlanishi, chaqqonligi, Maykl Jeksonga juda o‘xshash. Raqs ijro etilishi ham yuqori darajada. Raqqos chin dildan, o‘zi ham rohatlanib ijro etayotgani ko‘rinib turibdi.
"Bu yo Mayklning o‘zi yo uning ustozi", — deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri video ostida.
"U kishini yaxshi kiyintirib sahnaga chiqarsa har qanday guruhning ko‘rki bo‘ladi", — deydi Mavluda ismli foydalanuvchi.
"Bu kishi bizning qo‘shni, Oybek. U anchadan beri shunaka raqsga tushib yuradi", — deb yozgan Ranoshka ismli Facebook foydalanuvchisi.