Oliy Majlis va Duma vakillari narkotiklarga qarshi kurashadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan “Parlament a’zolari narkotiklarga qarshi” xalqaro anjumanda 43 mamlakat parlamentlari vakillari keladi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi va Rossiya Davlat Dumasi deputatlari deputatlari narkotiklarga qarshi kurash masalasini muhokama qilishadi, deb xabar qildi Oliy Majlis quyi palatasi deputati Nuriddinjon Ismoilov.

Oliy Majlis vakili: o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli

Dushanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan “Parlament a’zolari narkotiklarga qarshi” xalqaro anjumanda  43 mamlakat deputatlari ishtirok etadi.

Undan tashqari anjumanda  BMT narkotilar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi direktori Yuriy Fedotov, Shanxay Hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovlar ham ishtirok etadi.

“Ertaga bo‘ladigan anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etadi. Biz ushbu masalada fikr almashib, kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni keshlishib olamiz.  Bizda O‘zbekiston va Rossiya orasida hamkorlik istisbollari haqida gaplashib olish imkoniyati ham bo‘ladi”, — dedi Ismoilov.  

O‘zbekistonlik deputat fikriga ko‘ra, sobiq Ittifoq mamlakatlarida umumiy qadriyatlar  juda ko‘p.

“Biz oxirgi vaqtlarda qo‘shni mamlakatlar va MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Bizning deputatlar Rossiya Dumasi tashabbusi bilan takil etilgan barcha tadbirlarda ishtirok etmoqda. Mening fikrimcha bunday anjumanlarda ishtirok etish, nafaqat bizning, balkim MDHning barcha mamlakatlari uchun foydali bo‘ladi”, — dedi deputat.

Yangiliklar lentasi
0