TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi — prezident Devoni rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
1 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni hamda lavozim tayinlovi bo‘yicha farmonni imzolagan.
Komil Allamjonov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U ilgari Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasida faoliyat olib borgan.