O‘zbekistonlik referi OFKning maxsus sovriniga sazovor bo‘ldi

© Federatsiya futbola Uzbekistana Referi FIFA iz Uzbekistana, sudya plyajnogo futbola Baxtiyor Namazov
Referi FIFA iz Uzbekistana, sudya plyajnogo futbola Baxtiyor Namazov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bangkokda Osiyo futbol konfederatsiyasining "AFC Annual Awards 2017" - 2017-yil yakunlari bo‘yicha laureatlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi 2017-yil yakunlari bo‘yicha taqdirlanganlar ro‘yxatini e’lon qildi.

OFKning hakamlar uchun maxsus mukofoti o‘zbekistonlik FIFA referisi, plyaj futboli bo‘yicha hakam Baxtiyor Namozovga berildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari saytida xabar berildi.

Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionatida ishlagan osiyolik ilk hakam bo‘ldi.

Shu yilning bahorida Namozov Bagam orollarida bo‘lib o‘tgan plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionatida ishlagandi. U Braziliya va Taiti jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvini boshqargan.

Yangiliklar lentasi
0