TOShKENT, 1 dek — Sputnik. 8-dekabr kuni Bishkekda Turkiy tilli davlatlar parlamentlari assambleyasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda Turkiy tilli davlatlar parlamentlari assambleyasiga a’zo davlatlar ishtirok etadi, Vengriya parlamenti vitse-spikeri kuzatuvchi sifatida qatnashadi.
Assambleya faoliyatida ilk bor Oliy Majlis qonunchilik palatasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati.
Ishtirokchilar tashkilotning kelgusi faoliyati, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishadi.