TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston mamlakat harbiy-havo kuchlari 12 dona jangovar Mi-35 vertolotlari yetkazib berish bo‘yicha Rosoboroneksport bilan shartnoma tuzdi, deb xabar berdi vaziyat bilan tanish manba RIA Novostiga.
"Mi-35 vertolotlari bilan bog‘liq masala hal bo‘ldi. Barcha shartlar kelishib olindi, 12ta vertolot uchun shartnoma imzolandi, yetkazib berish 2018-yildan boshlanadi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
U yetkazib berishning aniq muddatini aytmadi, lekin Rossiya tomonidan shartnomaga noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari doirasida RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzo chekkanini bildirdi.
Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya federal xizmati mazkur xabarni izohlamadi.