Avstraliyadagi tele-shouda boshlovchining o‘limiga bir bahya qoldi...

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRossiyskiy festival nauki NAUKA O+
Rossiyskiy festival nauki NAUKA O+ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ngilochar teleko‘rastuv vaqtida kimoviy tajriba nazorat ostidan chiqib ketdi va koka-kola butilkasi boshlovchining boshi yonidan katta-tezlikda uchib o‘tib ketdi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Avstraliyada jonli efir vaqtida, kimoviy tajriba baxtsiz hodisaga aylanishiga bir bahya qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Studio 10 kanalining ertalabki ko‘ngilochar ko‘rsatuvi davomida, fizika o‘qituvchisi va bloger Djeykob Strikling, raketa kabi uchirish niyatida, koka-kola butilkalarini suyultirilgan azot bilan to‘ldiradi.

Tajriba davomida boshlovchi yordamchisi Natarshe Bellingdan yordam berishni so‘raydi. Lekin yordamchi noto‘g‘ri hatti-harakati tufayli, koka-kola “raketasi” boshqa tomonga – yordamchining boshi yonidan katta tezlikda uchib o‘tib, ketdi. Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu “shou” qattiq tanqidga uchradi. “Bu eng axmoqona tajriba”, deb yozgan ko‘pchillik. Ularning fikriga ko‘ra, koka-kola butilkasi boshlovchini o‘ldirishiga bir bahya qolgan.

Yangiliklar lentasi
0