O‘zbekistonga Rossiya prezidenti idorasi boshlig‘i rahbarligidagi delegatsiya keladi

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti idorasi xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi, Federal arxiv agentligi, Savdo-sanoat palatasi va qator oliy o‘quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga ham tashrif buyuradi

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. 30-noyabr kuni O‘zbekistonga Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, delegatsiya Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston va Rossiya: 25-yillik strategik sheriklik” nomli tarixiy-hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimida va “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi 25-yillik hamkorlikning asosiy bosqichlari” mavzusidagi “davra suhbati”da ishtirok etadi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti idorasi xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi, Federal arxiv agentligi, Savdo-sanoat palatasi va qator oliy o‘quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga ham tashrif buyuradi.

Yangiliklar lentasi
0