Andijonda gaz qudug‘i topildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNa territorii gazopererabativayushego zavoda
Na territorii gazopererabativayushego zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda topilma xususiyatlari mutaxasisslar tomonidan tekshirilmoqda.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Andijon viloyati Buloqboshi tumani Uchtepa qishlog‘ida gaz qudug‘i topilgani rost —deb tasdiqladi “Andijonneft” xodimi Sputnik muxbiriga.

Xodim aytishiga qaraganda,  ayni damda topilma xususiyatlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda, uni gaz koni – deb e’lon qilishga  hali erta.

“Yangi topilgan gaz qudug‘ini gaz koni deb e’lon qilishga hali erta. Uning yonidan yana 2-3 ta quduqdan gaz topilsa, keyin bz uni gaz koni deb e’lon qilamiz”, — dedi “Andijonneft” xodimi.

Shuningdek, neft kompaniyasi xodimi aytishiga qaraganda, quduqning chuqurligi, chiqayotgan gaz miqdori va bosimi kabi ma’lumotlar  davlat siri toifasidagi ma’lumot bo‘lgani tufayli, ularni e’lon qilish mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0