TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-noyabrdagi farmoni bilan iqtisodiyot va moliya vazirlari tayinlandi, deb xabar bermoqda UzNews.uz.
Hujjatga muvofiq, Jamshid Qo‘chqorov moliya vaziri – bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. U Botir Xo‘jayevning o‘rnini egallagan.
O‘z navbatida, Botir Xo‘jayev iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan. 2011-yildan buyon iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelgan Galina Saidova esa iste’foga chiqarilgan.