O‘zbek yozuvchisi asari Yevroosiyo xalqaro tanlovida mukofotga sazovor bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Xalqaro tanlov tashkilotchilari qaroriga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan barcha sovrindorlarning asarlari kitob holida nashr etiladi

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik yozuvchi Isajon Sulton Shvetsiya poytaxti Stokgolmda o‘tkazilgan xalqaro “Open Eurasia-2017” tanlovida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Uning “Hazrati Xizr izidan” asari “Kichik nasr” yo‘nalishida eng yaxshi asarlardan biri deb topildi, deb xabar bermoqda “Jahon” AA.

Xalqaro tanlov tashkilotchilari qaroriga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan barcha sovrindorlarning asarlari kitob holida nashr etiladi. 2017-yilda xalqaro tanlovda 37 mamlakatdan 1100 muallif o‘z asarlari bilan qatnashdi. Tanlov VI “Open Eurasian literature festival & Book Forum” xalqaro festivali doirasida o‘tkazildi.

Isajon Sulton 1967-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Avazboy qishlog‘ida tavallud topgan. Uning “Munojot”, “Oydinbuloq”, “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Bog‘i Eram” nomli kitoblari chop etilgan. “Ozod” romani uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0