TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” va "NK "Kazыkstan temir jolы" Aktsiyadorlik jamiyatlari oʻzaro chegirmali chiptalar sotish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston temir yoʻllari matbuot xizmati.
Chegirma miqdori chiptalar qanchalik oldindan sotib olinishiga bogʻliq boʻladi.
Bundan oldin ikki temiryoʻl kompaniyalari rahbariyatlari orasida muzokaralar boʻlib oʻtgan edi. Unda tomonlar oʻzaro hamkorlik va xalqaro yoʻlovchi tashish masalalari borasida kelishib olishgan edi.
Uchrashuvda kelajak loyihaldaridan tashqari 2017 yilda boʻlgan hamkorlik natijalarini yaxshilash borasida ham kelishib olishdi.