Mirziyoyev Islom Karimovning yubileyini nishonlash bo‘yicha qarorni imzoladi

© Novosti Uzbekistana / Sherzod IkramutdinovV Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu
V Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov yubileyi butun O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanadi: Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish, buyuk siyosatchi hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish va kitob nashr qilish rejalashtirilgan

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida qarorni imzoladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Hujjatga ko‘ra, tashkiliy qo‘mitaga ushbu sanani nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ikki hafta muddatda ishlab chiqish vazifasi berilgan.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Islom Karimov xotirasiga eng yaxshi maqola tanlovi e’lon qilindi
Tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2018-yil yanvar oyida Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish, Qarshi shahrida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab haykal o‘rnatish va tantanali ochilish marosimini o‘tkazish va "O‘zbekkino" Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish belgilangan.

"O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati xronika(solnoma), Karimov qalamiga mansub "Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir", "Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch" asarlari, shuningdek, "Prezidentga maktublar" kitobi nashr etilib, belgilangan tartibda ta’lim maskanlari, axborot-resurs markazlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar va mahallalarga yetkaziladi.

Samarqand shahrida "Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi" mavzuyida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0