Irkutskda odamlar sovuqda yalang‘och bo‘lib yugurishdi

Obuna bo‘lish
Irkutskda bir guruh erkaklar va ayollar sovuq havoda cho‘milish kiyimlarida yugurishga chiqishdi.

 

Irkutskda havo harorati —20 daraja bo‘lishiga qaramasdan, bir guruh chiniquvchilar Angara darosi bo‘ylab 3 km yugurib o‘tishdi. Ular ushbu mashg‘ulotni qishda kamroq kasal bo‘lish maqsadida bajarishgan.

Yugurish inson uchun eng foydali mashg‘ulotlardan biridir. Chunki yugurishda insonning ko‘plab mushaklari va barcha ichki organlari faol ishtirok etadi. Yugurish yurak qon-tomir imkoniyatlarini kengaytiradi, yurakni mustahkam qiladi,  qon aylanishini tezlashtirib, asabiy charchoqlarni chiqarib yuboradi. Yugurish jarayonida qonda xolesterin kamayadi, oshqozon faoliyati va organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0