TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiyalik fazogir Sergey Razanskiy o‘zining Instagram dagi sahifasida Toshkentning fazodan olingan suratlari bilan o‘rtoqlashdi.
Toshkent suratlari fazogir tomonidan Xalqaro kosmik stansiyada muhrlangan bo‘lib, Razanskiy u yerda navbatdagi missiyani ado etmoqda.
© Foto sergeyiss / InstagramSnimok Tashkenta bil sdelan im s borta Mejdunarodnoy kosmicheskoy stansii, gde rossiyskiy kosmonavt naxoditsya s ocherednoy missiyey
Snimok Tashkenta bil sdelan im s borta Mejdunarodnoy kosmicheskoy stansii, gde rossiyskiy kosmonavt naxoditsya s ocherednoy missiyey
Fazogir suratga kichik izoh ham keltirib o‘tgan:
"Ko‘psonli iltimoslaringizga binoan, bugun qarshingizda #Toshkent — 2000-yildan ziyod tarixga ega shahar chiroy ochib turibdi. Shaharning tarixiy markazida O‘zbekistonning saqlanib qolgan va qayta restavratsiya qilingan yodgorliklarini ko‘rish mumkin", — deb yozgan u.
Fazogir internetda faol, u go‘zal kosmik peyzajlar aks etgan fotosuratlar va videoroliklarni tez-tez chop etib turadi.