O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.
Davlat tashrifi davomida ikki mamlakatning turli kompaniya, idora va tashkilotlari o‘rtasida 80ga yaqin hujjatlar va qiymati 8,9 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi.
Xususan, savdo, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.
Janubiy Koreya 2018-yildan boshlab uch yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar miqdorida sarmoya yo‘naltiradi.
Shavkat Mirziyoyevga tantanali ravishda Seul shahri faxriy fuqarosi unvoni topshirildi.
O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi 25-noyabrgacha davom etadi.