TOShKENT, 24 noya – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK saytida CLICK tizimi foydalanuvchilari uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi.
"Barcha O‘zbekiston ahliga shunday imkoniyat yaratganimizdan mamnunmiz va foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi, deb o‘ylaymiz", — dedi CLICK kompaniyasi bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.
Bundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.
12 noyabrdan esa "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi chiptalarni Visa karta bilan kompaniya saytida onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati joriy etgandi.
CLICK tizimi — mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon yoki Internet orqali turli tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.