Turkiya O‘zbekiston va yana 21 davlatdan "gulenchilar" ekstraditsiyasini so‘raydi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Osnovatel dvijeniya "Xizmet" Fetxullax Gulen
Osnovatel dvijeniya Xizmet Fetxullax Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FETO a’zolarini topshirish haqidagi so‘rov Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston rahbariyatlariga yo‘llanadi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Turkiya adliya vazirligi Fathulloh Gulen tashkiloti (FETO) a’zolari ishini ko‘rib chiqayotgan Anqara jinoiy sudining so‘roviga asosan FETO tashkilotining 45 vakilini Turkiyaga topshirish talabi bilan O‘zbekiston va yana 21 davlatga so‘rov jo‘natadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligiga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

Fathulloh Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Turk siyosatchisi: AQSh Gulenning “gullab” qo‘yishidan xavfsiramoqda

Agentlikning xabariga ko‘ra, FETO tarafdorlarini topshirish bo‘yicha eng ko‘p so‘rov AQShga jo‘natiladi – 15. Buyuk Britaniya va Germaniyaga 4tadan so‘rov jo‘natiladi.

Shuningdek, Albaniya, BAA, Belgiya, Burkina-Faso, Norvegiya, Niderlandiya, Malta, Isroil, Kamboja, Madagaskar, Mozambik, Tailand, Togo, JAR, Misrdan "gulenchilar"ni topshirish so‘raladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston rahbariyatlariga yo‘llanadi.

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi Fathulloh Gulen Turkiya hukumati tomonidan 2016-yil 16-iyuliga o‘tar kechasi mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir etishga urinishda ayblangan. Gulenning o‘zi esa bu ayblovni rad etib keladi.

Yangiliklar lentasi
0