Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© WikipediaVitse-premyer Kazaxstana Askar Mamin
Vitse-premyer Kazaxstana  Askar Mamin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraislari ishchi yig‘ilishida hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25-yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarda ishtirok etadi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligida delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraislari ishchi yig‘ilishida hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25-yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0