TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya uran yetkizib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu hujjat Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga boʻlgan tashrifi davomida imzolandi. Hozircha, shartnomaning umumiy qiymati va yetkazib beriladigan uran miqdori xabar qilinmagan.
Bundan oldin Oʻzbekiston AQSH bilan uran yetkazib berish haqida umumiy qiymati 300 mln dollar boʻlgan 7 yillik shartnoma imzolagan edi.
Undan tashqari, ushbu yilning sentyabr oyida Hindiston bilan ham ham uran yetkazib berish borasida muzokaralar olib borilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston eng yirik uran, oltin, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin zahiralari boʻyicha dunyo oʻntaligiga kiradi. Ekspertlar xulosasiga koʻra, Oʻzbekistonda aniqlangan uran zahiralari miqdori 190 ming tonnani tashkil qiladi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston hududida 1931 ta turli foydali qazilma konlari bor. Ulardan 814 ta qurilish materiallari konlari, 624 ta toza va mineral suv osti suvlari, 235 ta uglevodorod, 152 ta metal, 37 ta togʻ-kon, 32 ta togʻ-kimyo, 30 ta rangli toshlar va 7 ta koʻmir va yonuvchi slanets konlari mavjud.