TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 21-noyabr kuni "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.
Hujjat matni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga kiritilgan.
Qarorga muvofiq, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti ta’sis etildi.
Mukofot har yili Yoshlar kuni (30 iyun) arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga topshiriladi.
Davlat mukofoti bilan taqdirlash Prezident qarori bilan amalga oshiriladi.
Mazkur davlat mukofotini olganlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga agar mukofotlangan shaxs oliy o‘quv yurti talabasi yoki bakalavr darajasiga ega bo‘lsa magistratura bosqichiga imtihonlarsiz davlat granti asosida qabul qilinishi belgilandi.