TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya opera yulduzi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti, xonandaning oila a’zolariga asosan.
"Oilamiz nomidan, bosh miya saratoniga qarshi ikki yarim yillik kurashdan so‘ng 55 yoshida sevimli opera baritoni, turmush o‘rotog‘i, ota, o‘g‘il va do‘st — Dmitriy Xvorostovskiyning vafoti haqida xabar beramiz. U ushbu tong, 22-noyabr kuni o‘zining Londondagi uyi yaqinida, o‘z oila a’zolari davrasida osoyishta vafot etdi. Uning jo‘shqin ovozi doimo biz bilan bo‘ladi", — deyilgan xonanda oilasi tomonidan Facebookda tarqatilgan rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Xvorostovskiyning saraton kasaliga chalingani haqidagi xabar dastlab 2015-yilning iyun oyida paydo bo‘lgan edi.
Mashhur opera qo‘shiqchisi bosh miya saratoni kasaliga chalinganidan so‘ng ovozini saqlab qolgan, lekin oyoqda o‘zini tik tutib turishga qaynalgan.
"Men boriga shukur qilib, bugungi kunning har bir lahzasidan bahra olib yashashga harakat qilayapman", — degan edi xonanda o‘zining so‘nggi intervyularidan birida.
Besh yillik o‘qish vaqtining o‘zidayoq Xvorostovskiy "Yevgeniy Onegin", "Traviata", "Faust", Pikovaya dama", "Iolanta" kabi mashhur operalarda solist bo‘lib Krasnoyarsk opera yulduziga aylanadi.
1994 yida xonanda Britaniya fuqaroligini oldi va Londonga ko‘chib o‘tdi, lekin har yili yozda o‘z vatani Rossiyaga gastrolga kelib turdi.
Dmitriy Xvorostovskiy 2011-yilda Toshkentdagi "Istiqlol" saroyida ham Igor Krutoy bilan birgalikda konsert bergan edi. O‘shanda 4 ming kishilik ulkan zalda birorta ham bo‘sh o‘rin qolmagan edi.
Dmitriy Xvorostovskiyning 4 nafar farzandi bor.
Xonandaning juda ko‘p mukofotlari bor. Ular orasida Glinka nomli RSFSR davlat premiyasi (1991), Rossiya Xalq Artisti (1995), Vatanga xizmati uchun ordeni (2017).