O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda dori-darmonlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Koreya hamkorligi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida yangi loyiha boshlandi

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuqori natijali dori-darmonlarni ishlab chiqarishga kelishildi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha maxsus matbuot markazi xabar berdi.

Kliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Koreyaning zamonaviy tibbiyot klinikasi quriladi

Shartnomalar doirasida O‘zbekistonga bu yo‘nalishda 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya qilinadi.

"Dalim BioTech", "Yuhan Corporation" va "Erae" kabi yirik kompaniyalar bilan bitimlar tuzildi.

Tomonlar investitsion loyihalarning tezkor amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan 7 ta yangi, erkin farmatsevtik zonalarga alohida e’tibor qaratildi.

Koreya kompaniyalari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni e’tirof etib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish va investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish borasida aniq xulosaga kelganliklarini aytib o‘tishdi.

Yangiliklar lentasi
0