Mirziyoyev O‘zMU tarkibida yangi fakultetni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zMU tarkibida tashkil etiladigan "taekvondo va sport faolyati" fakulteti respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tarkibida "Taekvondo va sport faoliyati" fakultetini tashkil etish to‘g‘risida qarorga imzo chekdi.

Mustaqillik yillarida mazkur sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar nufuzli xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, 44 ta oltin, 64 ta kumush va 71 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Fakultetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston test sinovlaridan voz kechib, ijodiy imtihonlarga qaytmoqda
- taekvondo WTF sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

— xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

— yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish;

— ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirish;

— yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash;

— respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash;

— o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

— mavjud o‘quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta’lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirib boradilar.

Yangiliklar lentasi
0