Vladivostokda “qor apokalipsisi” yuz berdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPosledstviya snejnogo siklona vo Vladivostoke. Arxivnoe foto
Posledstviya snejnogo siklona vo Vladivostoke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kutilmaganda yoqqan kuchli qor Vladivostok ko‘chalarini bir zumda o‘tib bo‘lmas to‘siq va “jang maydoni” aylantirdi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida 17-noyabr kuni kutilmaganda kuchli qor  yog‘ishni boshladi. Qor shunaka shiddatli yog‘diki bir soat ichida shahar ko‘chalari o‘rtacha 15 sm qalinlikdagi qor bilan qoplandi.

Vladivostok shahri joylashgan yer juda baland va pastliklarga boy. Kutilmaganda yoqqan qorga shahar kommunal xizmati hech qanday chora ko‘ra olmagani tufayli aksariyat ko‘chalar o‘tib bo‘lmas yaxmalakka aylanib qoldi.

Shu bilan bir vaqtda ko‘pchillik avtomobil egalari ham qishgi mavsumga tayor emasliklari ham ma’lum bo‘ldi. Shaharning ko‘plab ko‘chalarida, ayniqsa tepaliklarga chiqish yoki tushish  joylaridan avtomobillar o‘ta olmay  qolishdi.

O‘ta olmagani ham mayli ediku-ya, lekin aksariyat avtomobillar tepalikning yarmigacha ko‘tarilib, keyin esa boshqaruvsiz ravishda pastga sirg‘anib tusha boshladi. Quyidagi videolavhada Vladivostokning turli qismlarida suratga olingan YTHlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Rasmiy xabbarlarga ko‘ra 17-noyabr kuni Vladivostokda 177 ta YTH qayd etilgan, ulardan 8tasida odamlar jaorhat olgan. Qurbon bo‘lganlar yo‘q.

 

Yangiliklar lentasi
0