Qozog‘iston gruziyalik "qonundagi o‘g‘rini" mamlakatdan chiqarib yubordi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, "qonundagi o‘g‘ri" Qozog‘istonga birovning pasporti bilan "o‘g‘rilar mafkurasini" targ‘ib qilish uchun kelgan.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Qozog‘iston gruziyalik "qonundagi o‘g‘ri" Dato Svanni mamlakatdan chiqarib yubordi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmati vakili Almas Sadubayev.

"Qozog‘iston IIV va MXQ xodimlari migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun gruziyalik kriminal avtoritet, "qonundagi o‘g‘ri"  Dato Svan laqabli Gerliani David Nugzarovichni mamlakatdan chiqarib yubordi", — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, u Qozog‘istonga boshqa shaxs nomiga berilgan pasport yordamida "o‘g‘rilar mafkurasini" tarqatish maqsadida kelgan.

Qozozog‘iston ichki ishlar vazirligi tomonidan uzoq va yaqin chet el mamlakatlaridan kriminal avtoritetlarning respublikaga kirib kelishiga qarshi choralar doimiy ravishda ko‘rilmoqda, deyilgan vazirlik xabari so‘ngida.

Yangiliklar lentasi
0