AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

Obuna bo‘lish
Delegatsiya O‘zbekiston Oliy Majlisi va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Ushbu yilning 21-noyabr kuni O‘zbekistonga AQSh Kongressi vakillaridan iborat delegatsiya keladi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

"Kongressmenlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muzokaralar olib borishi, shuningdek, Hukumat va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar o‘tkazishi va qator obektlarga tashrif buyurishi kutilmoqda", — deyilgan xabarda.

Ushbu tashrif parlamentlararo aloqalar doirasida,amalga oshirilmoqda. AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan  respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0