Toshkentda shifokor qabuliga internet yoki telefon orqali yozilish mumkin

© Sputnik / Ruslan KrivobokSotrudnik registraturi v poliklinike
Sotrudnik registraturi v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergeli tumanida barpo etilgan oilaviy poliklinikada bemorlar navbatga yozilishi uchun elektron tizim joriy qilingan

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani 6-A mavzesida barpo etilgan 61-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Xabarda aytilishicha, uch qavatli, 250 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinikada ultratovush tashxisi, raqamli rentgen, elektrokardiograf, fizioterapiya, klinik va biokimyo laboratoriya bo‘limlari, kunduzgi shifoxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Terapevt, pediatr, jarroh, otolaringolog, okulist, nevrolog, immunolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Oilaviy poliklinikadagi asosiy yangiliklardan biri — bu bemorlar navbatga yozilishi uchun elektron tizim joriy qilingan. Ya’ni bemor shifokor qabuliga poliklinikaga kelmasdan turib, internet yoki telefon orqali ro‘yxatxonada o‘rnatilgan tizim yordamida navbatga kiritiladi. Bu ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarflashning oldini oladi.

Prezident ushbu tizimni 61-oilaviy poliklinika misolida namunaviy qilib Toshkentdagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalariga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0